TRENING
Professional trening va sertifikatlangan mahorat

1-DARAJA

1-Daraja trening kursi oʻqishni endi bitirganlar, amaliyotchilar va texnik yordamchilari uchun moʻljallangan. Elektr va gidravlika bilimlari asoslarini va LiuGong boʻyicha bazaviy bilimlarni oʻz ichiga oladi.
Barcha mijozlar mahalliy dilerlarimiz orqali jamoaviy tarzda 1-daraja (mexanika va ishlatish asoslari) boʻyicha taʼlim olishga yozilishlari mumkin.

2-DARAJA

2-Daraja trening kursi texniklar yordamchilari va texniklar uchun moʻljallangan. Mashina tizimlari va texnik xizmat davri haqida maʼlumot olish, shuningdek tashxis vositalari, elektr va gidravlikani chuqur oʻrganish va CE LiuGong boʻyicha bilim olish uchun zarur bilimlarni oʻz ichiga oladi.

3-DARAJA

3-Daraja trening kursi texniklar va katta texniklar uchun moʻljallangan. Eletr va gidravlika boʻyicha bilimlar, LiuGong boʻyicha CE bilimlarini oʻz ichiga oladi va mustaqil texnik xizmatga yoʻnaltiriladi, umumiy taʼmir uchun esa tarkibiy qismlar bilan katta amaliy ishlar olib boriladi. 

4-DARAJA

4-Daraja trening kursi mahsulot boʻyicha mutaxassislar va trenerlar uchun moʻljallangan boʻlib, ilgʻor texnika koʻnikmalari, dasturlar bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish uchun zarur bilimlarni oʻz ichiga oladi, servis qobilyatlarini rivojlantirish uchun oʻquv kursining samaradorlikni mustaqil taqdim etishiga yoʻnaltirilgan.

BIZ BILAN BOG’LANISH