LIUGONG HAQIDA
65 yildan ortiq vaqt mobaynida, LiuGong Machinery korporatsiyasi Xitoyda qurilish uskunalari ishlab chiqarish sohasida yetakchi sanaladi. Va gʻildirakli yuklagichlar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda birinchi raqamli. 1966-yil oʻzining ilk gʻildirakli yuklagichini yaratib, LiuGong jahondagi eng tez rivojlanayotgan, global, CE kompaniyalaridan biriga aylandi va kam harakat bilan koʻp ish bajarish zaruriyatiga toʻqnash keladigan qurilish uskunalari egalari uchun oʻta kuchli, tushunarli mashinalarning keng qatorini taklif qilmoqda. Kompaniya quyidagi mahsulotlarni taklif qiladi: gʻildirakli yuklagich, ekskavator, gʻaltakmola, motorli greyder, buldozer, asfalt yotqizgich, sovuq randa, bort burilishli yuklagich, ekskavator-yuklagich, kran, karyer yuk mashinalari, maydalagich, burgʻulash uskunalari, membranali krab, transheya freza, vilkali yuklagich, yuklash-tushirish texnikalari.
LiuGong kompaniyasi oʻz xodimlariga imkoniyatlar, mijozlariga sifatli mahsulotlar va xizmatlar, investorlarga moliyaviy rivoj taqdim etadi va xizmat koʻrsatayotgan joylarida jamoatchilikni qoʻllab-quvvatlaydi. 1958-Yil 500 nafar xodimni Lyuchjou shahriga olib kelishdan ishni boshlagan LiuGong kompaniyasi hozirda 19 ta mahsulotlar qatori, 20 ta ishlab chiqarish korxonasi, 10 000 nafardan ortiq xodim va dunyoning 170 dan ortiq mamlakatida 300 nafardan ortiq dilerga ega va har qanday joyda istalgan ishni bajarish va joylarda mijozlarni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur murakkab uskunalarni taklif qilmoqda.
LGUZ HAQIDA
LiuGong Uzbek..